GWM kompaniyasi yangi Tank 700 yo‘ltanlamasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
G63 AMG modeliga raqobatchi sifatida ko‘rilayotgan avtomobilning narxi taxminan 63 000 dollarni tashkil etadi
Foto: GWM

Xitoyning GWM avtomobil ishlab chiqaruvchisi gibrid dvigatelli, 864 ot kuchiga ega hashamatli Tank 700 yo‘ltanlamasini namoyish etdi. Bu haqda CarBuzz nashri xabar bermoqda.

Foto: GWM

Yangi model 2,0 litrli to‘rt silindrli benzinli dvigatel va ikkita elektr motor bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 864 ot kuchiga yetsa-da, mashinaning og‘irligi sababli uning tezlanish ko‘rsatkichi 577 ot kuchiga ega Mercedes-AMG G63 rusumidan pastroq.

Foto: GWM
Foto: GWM

Mercedes-Benz G63 modeliga hamyonbop muqobil sifatida yaratilgan ushbu mashina 5,6 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish imkoniyatiga ega. Avtomobil 59 kVt/soat sig‘imli akkumulyator yordamida faqat elektr quvvati bilan qariyb 188 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: GWM

Yo‘ltanlamas interyeri yuqori qulayliklarni taklif etadi. Xususan, uqalash funksiyasi hamda isitish va sovitish tizimiga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, 21 ta karnayli Dolby Atmos audio tizimi, tungi ko‘rish uskunasi va haqiqiy kompressorli muzlatkich mavjud.

Foto: GWM

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 428 ming yuan ($63 ming)ni tashkil etadi, bu Xitoy bozoridagi G63 narxining atigi oltidan bir qismiga teng.

Foto: GWM

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan yangi e-Power Rogue krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek