GWM kompaniyasi yangi Tank 700 yo‘ltanlamasini taqdim etdi

Xitoyning GWM avtomobil ishlab chiqaruvchisi gibrid dvigatelli, 864 ot kuchiga ega hashamatli Tank 700 yo‘ltanlamasini namoyish etdi. Bu haqda CarBuzz nashri xabar bermoqda.

Yangi model 2,0 litrli to‘rt silindrli benzinli dvigatel va ikkita elektr motor bilan jihozlangan. Umumiy quvvati 864 ot kuchiga yetsa-da, mashinaning og‘irligi sababli uning tezlanish ko‘rsatkichi 577 ot kuchiga ega Mercedes-AMG G63 rusumidan pastroq.


Mercedes-Benz G63 modeliga hamyonbop muqobil sifatida yaratilgan ushbu mashina 5,6 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish imkoniyatiga ega. Avtomobil 59 kVt/soat sig‘imli akkumulyator yordamida faqat elektr quvvati bilan qariyb 188 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.

Yo‘ltanlamas interyeri yuqori qulayliklarni taklif etadi. Xususan, uqalash funksiyasi hamda isitish va sovitish tizimiga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, 21 ta karnayli Dolby Atmos audio tizimi, tungi ko‘rish uskunasi va haqiqiy kompressorli muzlatkich mavjud.

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 428 ming yuanni ($63 ming) tashkil etadi, bu Xitoy bozoridagi G63 narxining atigi oltidan bir qismiga teng.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan yangi e-Power Rogue krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.