
Vivo kompaniyasi yangi arzon smartfon Vivo Y500s modelini taqdim etdi. Qurilma Y-seriyasini kengaytiradi va budjet segmentiga mo‘ljallangan.
Smartfon Snapdragon 4 Gen 2 protsessori asosida ishlaydi. Unda 12 GB gacha operativ va 512 GB gacha ichki xotira mavjud.
Ekran 6,75 dyuym bo‘lib, 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 8 MP.
Qurilmaning asosiy ustunligi 7200 mA/soat sig‘imli batareya. U 44 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfonning boshlang‘ich narxi $265 etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X300s smartfoni taqdim etilgani haqida xabar berilgandi. U 1,5K aniqlik, 144 Gs yangilanish chastotasi va 2160 Gs PWM dimming texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning o‘lchamlari 161,98 × 75,48 × 8 mm, vazni esa 217 grammni tashkil etadi.