Nyu-Yorkdagi norozilik ortidan «Primadonna»ning konserti bekor qilindi

5-may 2026 10:06 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Yulduz Usmonova
Foto: Yulduz Usmonovaning Instagram sahifasi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan so‘ng Bruklindagi Oceana Theater sahnasida rejalashtirilgan Yulduz Usmonova konserti bekor qilindi. Bu haqda teatr ma’muriyati Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, namoyishlar Nyu-York shtati gubernatorligiga nomzod Bryus Bleykman ishtirokida o‘tgan. Shundan keyin teatr ma’muriyati konsertni o‘tkazmaslikka qaror qilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri holatga aniqlik kiritish maqsadida xonandaning ma’muri bilan bog‘langandi.

Unga ko‘ra, konsertga chiptalar sotilgan, tayyorgarlik jarayonlari ham joyida. Xonandaning vizasi esa hali chiqmagan. Ma’mur yaqin kunlarda uning ham javobi chiqishini bildirdi.

Konsert dasturi 9-may kuni Brighton Beach hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni sana Holokost qurbonlarini xotirlash kuniga to‘g‘ri kelishi sababli ayrim yahudiy siyosatchilar va jamoat vakillari tomonidan tanqid qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jahongir Otajonov Donald Trampni AQShdagi konsertiga taklif qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek