Motorola Edge 70 Pro+ periskop kamerali versiyada taqdim qiladi

5-may 2026 17:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Motorola Edge 70 Pro+ periskop kamerali versiyada taqdim etadi / Foto: Stufflistings

Motorola kompaniyasi o‘zining yangi avlod smartfonlaridan biri – Edge 70 Pro+ modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda insayder Mukul Sharma ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Motorola Edge 70 Pro+ modeli joriy Edge 70 Pro’ning takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib, u may oyining oxirigacha rasman debyut qilishi kutilmoqda. Yangi qurilma uchta asosiy yangilanish bilan ajralib turadi.

Eng muhim yangiliklar qatorida periskopli teleobyektivli kamera, simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlash hamda 16 GB tezkor xotiraga ega versiyaning taqdim qilinishi qayd etilgan. Shuningdek, smartfon turli dizayn variantlarida, jumladan, Satin Wine Red rangli va yog‘och teksturali bezakli modellar bilan ham chiqishi rejalashtirilgan.

Foto: GSM Arena

Texnik jihatdan qurilma 6,8 dyuymli 1.5K aniqlikdagi AMOLED ekran va 144 Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Unda Dimensity 8500 Extreme bir chipli tizimi o‘rnatilishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, smartfon 6500 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 90 Vt tezkor zaryadlash tizimi hamda 50 MP sensorlarga ega uch kamerali modul bilan jihozlanadi. Qurilma Android 16 operatsion tizimida ishlaydi va uchta yirik tizim yangilanishini oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola FIFA World Cup 26 Edition smartfonini taqim etishi haqida yozgan edik.

Shuningdek