Dehqon xo‘jaliklari soni bo‘yicha qaysi viloyat yetakchi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p dehqon xo‘jaliklari Andijon, Xorazm va Samarqand viloyatlarida ro‘yxatga olingan
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda 2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, 353 ming 472 ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida dehqon xo‘jaliklarining eng ko‘pi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi 53,2 ming ta. Undan keyingi o‘rinlarni Xorazm (47,2 ming ta) va Samarqand (42 ming ta) viloyatlari egallagan.

T/rHudud nomiDehqon xo’jaliklari soni
1Andijon viloyati53 265
2Xorazm viloyati47 276
3Samarqand viloyati42 084
4Farg’ona viloyati32 554
5Qashqadaryo viloyati30 374
6Surxondaryo viloyati25 834
7Namangan viloyati24 961
8Buxoro viloyati20 716
9Toshkent viloyati20 524
10Jizzax viloyati17 309
11Sirdaryo viloyati13 813
12Qoraqalpog’iston Respublikasi13 381
13Navoiy viloyati11 326
14Toshkent shahri55
JamiO’zbekiston bo’yicha353 396

Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha: Farg‘ona viloyatida 32,5 ming ta, Qashqadaryo viloyatida 30,3 ming ta, Surxondaryo viloyatida 25,8 ming ta, Namangan viloyatida 24,9 ming ta, Buxoro viloyatida 20,7 ming ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 20,5 ming ta, Jizzax viloyatida 17,3 ming ta, Sirdaryo viloyatida 13,8 ming ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13,3 ming ta, Navoiy viloyatida 11,3 ming ta dehqon xo‘jaligi ro‘yxatga olingan. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich eng kam 55 tani tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan qanday himoya qilish mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek