Dehqon xo‘jaliklari soni bo‘yicha qaysi viloyat yetakchi

O‘zbekistonda 2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, 353 ming 472 ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida dehqon xo‘jaliklarining eng ko‘pi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi 53,2 mingta. Undan keyingi o‘rinlarni Xorazm (47,2 mingta) va Samarqand (42 mingta) viloyatlari egallagan.
| T/r | Hudud nomi | Dehqon xo‘jaliklari soni |
| 1 | Andijon viloyati | 53 265 |
| 2 | Xorazm viloyati | 47 276 |
| 3 | Samarqand viloyati | 42 084 |
| 4 | Farg‘ona viloyati | 32 554 |
| 5 | Qashqadaryo viloyati | 30 374 |
| 6 | Surxondaryo viloyati | 25 834 |
| 7 | Namangan viloyati | 24 961 |
| 8 | Buxoro viloyati | 20 716 |
| 9 | Toshkent viloyati | 20 524 |
| 10 | Jizzax viloyati | 17 309 |
| 11 | Sirdaryo viloyati | 13 813 |
| 12 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 13 381 |
| 13 | Navoiy viloyati | 11 326 |
| 14 | Toshkent shahri | 55 |
| Jami | O‘zbekiston bo‘yicha | 353 396 |
Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha: Farg‘ona viloyatida 32,5 mingta, Qashqadaryo viloyatida 30,3 mingta, Surxondaryo viloyatida 25,8 mingta, Namangan viloyatida 24,9 mingta, Buxoro viloyatida 20,7 mingta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 20,5 mingta, Jizzax viloyatida 17,3 mingta, Sirdaryo viloyatida 13,8 mingta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13,3 mingta, Navoiy viloyatida 11,3 mingta dehqon xo‘jaligi ro‘yxatga olingan. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich eng kam 55 tani tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan qanday himoya qilish mumkinligi haqida xabar bergan edi.