Madina Muxtorova: oilasi, ijodi va sobiq turmush o‘rtog‘i Said Muxtorovning e’tirofi

19-may 2026 11:35 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Madina Muxtorova: oilasi, ijodi va Said Muxtorov e’tirofi
Foto: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi / Facebook

Madina Muxtorova o‘zbek teatri va kino san’atining taniqli vakillaridan biri hisoblanadi. U 1964-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan san’atga qiziqqan aktrisa keyinchalik teatr va kino sohasida faoliyat boshlagan.

Madina Muxtorova uzoq yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. So‘ngra O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyatini davom ettirgan. U sahnadagi samimiy ijrosi, obrazlarni tabiiy gavdalantirishi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.

Aktrisa «Shum bola», «Mehrobdan chayon», «Tog‘lik kuyov» kabi spektakl va filmlardagi rollari orqali mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, u dublyaj san’atida ham faol qatnashib, ko‘plab film va multfilmlarga ovoz bergan.

Ko‘p yillik mehnati va san’at rivojiga qo‘shgan hissasi uchun unga 2003-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni berilgan.

Aktrisa Madaniyat institutida o‘qigan paytida Said Muxtor (Said Muxtorov) bilan tanishgan. Muxtorovaning sobiq turmush o‘rtog‘i aktyor, rejissyor Said Muxtor.

Said Muxtorov Madina Muxtorova haqida nima dedi

Said Muxtorov intervyularidan birida sobiq turmush o‘rtog‘i haqida iliq fikrlar aytgan. U Madina Muxtorovaning Buxoroga kelin bo‘lib tushgani, qishloq hayotiga moslashgani va oilaning hurmatini joyiga qo‘ygani uchun ham minnatdor ekanini aytdi.

Shuningdek, aktyor ularning oilasida muhabbat va go‘zallik bo‘lganini ta’kidladi. U Madina Muxtorovani farzandlarining «chiroyli onasi» deb atadi.

«Biz bir-birimizni yaxshi ko‘rardik»

Said Muxtorov intervyuda Madina Muxtorova bilan sevib turmush qurganini ham esladi. Uning aytishicha, o‘sha paytda Buxoro va Toshkent muhiti sabab ayrim tushunmovchiliklar bo‘lgan.

«Biz bir-birimizni yaxshi ko‘rardik», – dedi aktyor.

Uning aytishicha, yoshligida sho‘x va ko‘cha hayotiga yaqin bo‘lganiga qaramay, oilasidagi muhabbat uni ushlab qolgan.

Farzandlari haqida nima dedi

Said Muxtorov ikki o‘g‘li borligini aytdi. Ularning biri Sardor, ikkinchisi esa Sanjar. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, farzandlari biznes sohasida faoliyat yuritadi.

U bolalarini doim nazoratda ushlaganini va ularga halol yo‘lni ko‘rsatishga harakat qilganini ta’kidladi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Mirfayz ismli yigit haqida tarqalgan videolarda ham oilasi uning sog‘lom ekani, sport bilan shug‘ullanishi va aktyor bo‘lish orzusi borligini aytgan. Yaqinlari uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Mish-mishlar va oilaga munosabat

Intervyuda Said Muxtorov oilasi haqida tarqalgan turli mish-mishlarga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, farzandlari oiladagi tinchlikni saqlashga harakat qilgan va keraksiz shov-shuvlarni istamagan.

Aktyor san’atkorlar haqida noto‘g‘ri gaplarga ishonmaslik kerakligini aytib, odamlarni san’at vakillariga hurmat bilan qarashga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljimning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

To‘y marosimida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi. U yangi oila qurayotgan juftlikni tabriklar ekan, hazil aralash iliq tilak bildirdi.

«Bu bir necha yillar oldin mana shu kunlarni niyat qiluvdik, yetkazdi Xudo. Yana bir niyat qilamiz, Jaloliddin tug‘ib beradi, Xudo xohlasa», – dedi vazir.

Shuningdek