O‘zbekiston termasi CAFA U-20 turnirida g‘olib bo‘ldi

20-may 2026 14:26 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: O‘FA

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan CAFA U-20 Championship turnirida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.

Foto: O‘FA

Terma jamoa musobaqa davomida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoa o‘z darvozasidan birorta ham to‘p olib chiqmadi. Natijada futbolchilar 12 ochko jamg‘arib, chempionlikni tantana qildi.

Foto: O‘FA

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Fair Play (Halol o‘yin) sovriniga munosib ko‘rildi. Shaxsiy sovrinlar ham o‘zbekistonlik yoshlarga nasib etdi. Nematulloh Rustamjonov eng yaxshi darvozabon, Azizbek To‘lqinbekov eng yaxshi futbolchi deb topildi. Quvonchbek Abrayev esa musobaqa to‘purari nomiga sazovor bo‘ldi.

Foto: O‘FA

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston U-17 Osiyo Kubogini yarim finalda tark etgani haqda xabar bergan edi.

Shuningdek