O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri sabab Toshkentda 22-may kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri sabab Toshkentda 22-may kuni ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, cheklovlar 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qilishi mumkin. Taqiqlar tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy qilinadi. Harakat Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Qatortol – Cho‘ponota chorrahasigacha vaqtincha cheklanishi mumkin. Shuningdek, KHAY – Chilonzor chorrahasidan Chilonzor – Cho‘ponota chorrahasigacha bo‘lgan qismda ham cheklovlar kutilmoqda.



Bundan tashqari, KHAY – Bunyodkor chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li orqali Bunyodkor – Cho‘ponota chorrahasigacha harakat vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Nurafshon – Sebzor chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasigacha ham cheklovlar bo‘lishi ehtimol. Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor – Ikkinchi Qatortol chorrahasigacha bo‘lgan yo‘nalish ham ro‘yxatga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning mundialdagi raqibi Portugaliya yakuniy tarkibini e’lon qilgani haqida yozgan edi.