O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri sabab Toshkentda 22-may kuni ayrim ko‘chalar yopiladi

eʼlon qilindi
Cheklovlar 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qilishi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri sabab Toshkentda 22-may kuni ayrim ko‘chalar yopiladi
Foto: UzReport

O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri sabab Toshkentda 22-may kuni ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, cheklovlar 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qilishi mumkin. Taqiqlar tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida joriy etiladi. Harakat Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Qatortol–Cho‘ponota chorrahasigacha vaqtincha cheklanishi mumkin. Shuningdek, KXAY–Chilonzor chorrahasidan Chilonzor–Cho‘ponota chorrahasigacha bo‘lgan qismda ham cheklovlar kutilmoqda.

Bundan tashqari, KXAY–Bunyodkor chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li orqali Bunyodkor–Cho‘ponota chorrahasigacha harakat vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Nurafshon–Sebzor chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor chorrahasigacha ham cheklovlar bo‘lishi ehtimol. Islom Karimov–Bunyodkor chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol chorrahasigacha bo‘lgan yo‘nalish ham ro‘yxatga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning mundialdagi raqibi Portugaliya yakuniy tarkibini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek