Maoshsiz qolgan «Dinamo» futbolchilari, o‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchi, 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik — 21-may kungi muhim yangiliklar dayjesti


O‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 275-sonli maktabda o‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) xabar berdi.

«Dinamo» futbolchilari dekabrdan beri maosh olishmayapti — Vadim Abramov
Samarqandning «Dinamo» klubi futbolchilari o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon maosh olmagan va 3 nafar xorijlik o‘yinchi jamoani tark etgan. Bu haqda klub bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ko‘chada chekkanlarni endi qo‘riqlash xizmati jazolaydi
O‘zbekistonda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslari ko‘rib chiqadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qo‘qonda Malibu haydovchisi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi, bir qiz vafot etdi
Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan Malibu haydovchisi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir qiz vafot etdi, deya xabar qilmoqda Farg‘ona IIB.

O‘zbekistonda ilk bor masofadan robot jarrohlik o‘tkazildi
O‘zbekistonda ilk bor masofadan turib robot jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi QQSdan ozod etiladi
Chorva naslini yaxshilash va importni rag‘batlantirish maqsadida nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qurbon hayiti arafasida 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi
Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doir takliflar bilan tanishdi. Unda Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi ma’lum qilindi.