Maoshsiz qolgan «Dinamo» futbolchilari, o‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchi, 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik — 21-may kungi muhim yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Проводы сборной Узбекистана
21-may kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Yandex
Sud
Foto: Pexels.com

O‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 275-sonli maktabda o‘quvchisini do‘pposlagan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) xabar berdi.

Davomi…

Foto: Telegram-kanal / DINAMO PFK

«Dinamo» futbolchilari dekabrdan beri maosh olishmayapti — Vadim Abramov

Samarqandning «Dinamo» klubi futbolchilari o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon maosh olmagan va 3 nafar xorijlik o‘yinchi jamoani tark etgan. Bu haqda klub bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Davomi…

Qo‘riqlash xizmati ayrim ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqadi
Foto: Yandex.uz

Ko‘chada chekkanlarni endi qo‘riqlash xizmati jazolaydi

O‘zbekistonda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qo‘riqlash xizmati mansabdor shaxslari ko‘rib chiqadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Davomi…

Qo‘qonda Malibu haydovchi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi
Qo‘qonda Malibu haydovchi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi / Foto: Farg‘ona IIB

Qo‘qonda Malibu haydovchisi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi, bir qiz vafot etdi

Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan Malibu haydovchisi uch nafar 10 yoshli qizlarni urib yubordi. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir qiz vafot etdi, deya xabar qilmoqda Farg‘ona IIB.

Davomi…

O‘zbekistonda ilk bor masofadan robot jarrohlik o‘tkazildi
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda ilk bor masofadan robot jarrohlik o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor masofadan turib robot jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni olib kirish QQSdan ozod etiladi
Xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni olib kirish QQSdan ozod etiladi / Foto: Pexels.com

Nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi QQSdan ozod etiladi

Chorva naslini yaxshilash va importni rag‘batlantirish maqsadida nasldor qoramol, qo‘y va echkilar importi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Qurbon hayiti arafasida 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi
Qurbon hayiti arafasida 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi / Foto: President.uz

Qurbon hayiti arafasida 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga doir takliflar bilan tanishdi. Unda Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Davomi…

Shuningdek