«Istanbul Bashakshehir» Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

23-may 2026 10:33 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: cysport

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichiga yo‘llanma oldi. Jamoa kelasi mavsumni turnirning 2-saralash bosqichidan boshlaydi.

Foto: Instagram / ibfk2014

Turkiya Superligasining yakunlangan mavsumida «Bashakshehir» 57 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi. Dastlab bu o‘rin yevrokuboklar uchun yetarli emas edi. Biroq, 3-o‘rinni olgan «Trabzonspor» Turkiya Kubogi finalida g‘alaba qozonib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini naqd qildi. Natijada, chempionat orqali beriladigan Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasi 5-o‘rindagi «Bashakshehir»ga o‘tdi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda 22 ta gol va 5 ta assist bilan jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi. Abbosbek Fayzullayev ham mavsum so‘nggida muhim gollar kiritib, jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shdi.

«Bashakshehir» joriy mavsumda ham ushbu turnirda ishtirok etgan, biroq pley-off bosqichida Ruminiyaning «Universitatya Krayova» jamoasiga imkoniyatni boy berib (2:5), asosiy bosqichga chiqa olmagandi.

Avvalroq Kursiv nashri Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purari bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek