Murodjon Ahmadaliyev Xegli Moskedani nokaut bilan mag‘lub etdi

30-may 2026 09:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Murodjon Ahmadaliyev Xegli Moskedani nokaut bilan mag‘lub etdi
Kollaj: You Tube

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev Toshkentdagi Humo Arena’da venesuelalik Xegli Moskeda ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Jang to‘rtinchi raundda muddatidan oldin yakunlandi.

Bahs professional boks kechasi doirasida o‘tkazildi. Ahmadaliyev jang boshidan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. U raqib himoyasidagi bo‘sh zonalarni topib, aniq zarbalar bilan ustunlikni oshirib bordi.

Video: Instagram

O‘zbekistonlik bokschi har bir raundda bosimni kuchaytirdi. Moskeda esa Ahmadaliyevning tezligi va zarbalariga munosib javob qaytara olmadi. Jang davomida mezbon bokschining ustunligi yaqqol sezilib turdi.

Hal qiluvchi vaziyat to‘rtinchi raundda yuz berdi. Ahmadaliyevning navbatdagi samarali hujumidan so‘ng Moskeda jangni davom ettira olmadi. Referi bahsni to‘xtatdi va nokaut qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonlik besh nafar bokschi WBC reytingining kuchli o‘nligidan joy olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek