Mazda CX-5 2026-yilgi eng muvaffaqiyatli model deb topildi

Mazda’ning Mazda CX-5 modeli yana brend ichida eng muvaffaqiyatli krossoverlardan biri sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.
Yangi avlod CX-5 yanada kengaytirilgan salon, kattalashtirilgan yukxona hamda yangilangan multimedia tizimi bilan taqdim etilgan. Shuningdek, avtomobil to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi (4WD)ni saqlab qolgan.
Biroq modeldagi asosiy o‘zgarishlardan biri kuchli turbo dvigatel versiyasining bekor qilinishi bo‘ldi. Endilikda avtomobil 2,5 litrli benzin dvigateli (187 ot kuchi) bilan taklif etilmoqda.
CX-5 oilaviy krossover sifatida qulaylik va ishonchlilikni saqlab qolgan, ammo dinamik haydashni afzal ko‘ruvchilar uchun boshqa Mazda modellari ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kelgusida CX-5 uchun gibrid versiya ham chiqarilishi rejalashtirilmoqda, biroq uning aniq texnik xususiyatlari va taqdim etilish vaqti hozircha oshkor qilinmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mazda Xitoyda elektromobillarga o‘tishni tezlashtirayotgani haqida yozgandi.