Mazda CX-5 2026-yilgi eng muvaffaqiyatli model deb topildi

Mazda’ning Mazda CX-5 modeli yana brend ichida eng muvaffaqiyatli krossoverlardan biri sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.
Yangi avlod CX-5 yanada kengaytirilgan salon, kattalashtirilgan yukxona hamda yangilangan multimedia tizimi bilan taqdim etilgan. Shuningdek, avtomobil to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi (4WD)ni saqlab qolgan.
Biroq modeldagi asosiy o‘zgarishlardan biri — kuchli turbo dvigatel versiyasining bekor qilinishi bo‘ldi. Endilikda avtomobil 2,5 litrli benzin dvigateli (187 ot kuchi) bilan taklif etilmoqda.
CX-5 oilaviy krossover sifatida qulaylik va ishonchlilikni saqlab qolgan, ammo dinamik haydashni afzal ko‘ruvchilar uchun boshqa Mazda modellari ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kelgusida CX-5 uchun gibrid versiya ham chiqarilishi rejalashtirilmoqda, biroq uning aniq texnik xususiyatlari va taqdim etilish vaqti hozircha oshkor qilinmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mazda Xitoyda elektromobillarga o‘tishni tezlashtirayotgani haqida yozgandi.