
O‘zbekiston JCh – 2026 liboslari reytingida past o‘rinni egalladi. ESPN nashri 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar liboslari reytingini e’lon qildi. Unda barcha 48 terma jamoaning uy, safar va ayrim uchinchi liboslari baholangan.
2026-yilgi jahon chempionati ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Shu sababli turnirda 100 dan ortiq liboslar namoyish etiladi. ESPN ularni dizayn, ranglar uyg‘unligi va milliylik elementlari asosida saralagan.
Reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasining uy libosi 103-o‘ringa qo‘yildi. Nashr libos, asosan, oq rangda ekanini qayd etdi. Unda to‘q ko‘k chiziqlar va milliy ranglar aks etgan yoqa ishlatilgani aytilgan.
ESPN izohiga ko‘ra, libos matosidagi naqsh an’anaviy so‘zana kashtachiligi va o‘zbek to‘qimachilik san’atidan ilhomlangan. Biroq nashr dizaynni juda sodda deb baholagan.
Reytingda Qatarning safar libosi oxirgi, 105-o‘rinni egalladi. Shveysariyaning safar libosi 104-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston esa ulardan keyingi 103-o‘ringa joylashtirildi. Terma jamoamizning safar libosi 84-o‘ringa munosib ko‘rilgan.
Kanadaning safar libosi 102-o‘rinni egalladi. Iordaniyaning uy libosi esa 101-o‘ringa qo‘yildi. Iroqning uchinchi libosi 100-o‘rindan joy oldi. ESPN ta’kidlashicha, bu yil safar liboslari dizayn jihatdan ancha faol va rang-barang chiqqan. Dizaynerlar ularda milliy san’at, bayroqlar, mahalliy madaniyat, me’moriy obyektlar va tabiiy ramzlardan foydalanishga harakat qilgan.
Jahon chempionati 11-iyun kuni start oladi. Turnir Kanada, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa tarixda ilk bor mundialda ishtirok etadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Niderlandiyaga dramatik bahsda imkoniyatni boy bergani haqida yozgan edi.