
Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahsda evropaliklar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 28-daqiqada Shotlandiya terma jamoasi a’zosi Jon Makginn tomonidan kiritildi. O‘yin davomida kurashlarga boy vaziyatlar ko‘p kuzatildi va hakam ikki bor futbolchilarni sariq kartochka bilan ogohlantirdi.
Gaiti terma jamoasi hisobni tenglashtirish uchun harakat qilganiga qaramay, uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi. Shu tariqa, Shotlandiya musobaqani g‘alaba va muhim 3 ochko bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati «C» guruhi 2-turida Gaiti terma jamoasi Braziliyaga qarshi, Shotlandiya esa Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Kursiv nashri Vinisiusning goli Braziliyani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgani haqida xabar bergan edi.