2026-yilning eng arzon pikaplari reytingi e’lon qilindi

14-iyun 2026 15:43 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: www.ford.com

AQSh bozoridagi 2026-yil uchun eng hamyonbop yangi pikaplar reytingi tuzildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ford Maverick egalladi, deya xabar berdi Tarantas News nashri.

Mazkur modelning boshlang‘ich narxi $28 145 etib belgilangan. Kompakt pikap gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, 191 ot kuchiga ega. Shuningdek, u 100 kilometrga o‘rtacha 5,6 litr yonilg‘i sarflaydi va qariyb 680 kilogrammgacha yuk tashiy oladi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Hyundai Santa Cruz joy oldi. Uning narxi $29 750 dan boshlanadi. Keyingi o‘rinlarni esa Toyota Tacoma, Chevrolet Colorado, Ford Ranger va Nissan Frontier egallagan.

Shuningdek, eng arzon pikaplar o‘ntaligidan Chevrolet Silverado 1500, Ford F-150, GMC Sierra 1500 hamda GMC Canyon ham o‘rin olgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bugungi kunda AQShda arzon deb baholanayotgan pikaplarning narxi ham $28 mingdan yuqori. Shunga qaramay, Ford Maverick yonilg‘i tejamkorligi va shahardagi qulay boshqaruvi bilan xaridorlar uchun eng maqbul variantlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Biroq og‘ir yuklarni tashish, tirkama tortish yoki qurilish ishlari uchun ko‘pchilik xaridorlar hali ham Silverado, F-150 kabi yirik pikaplarni afzal ko‘rmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilning eng yaxshi oilaviy elektromobillari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek