Honor X70 Pro Max katta batareya bilan taqdim etildi

15-iyun 2026 14:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Honor X70 Pro Max katta batareya bilan taqdim etildi
Foto: Honor/gizmochina

Honor kompaniyasi X70 Pro Max smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar berdi.

Yangi model 8560 mA/soat sig‘imli katta batareya, 90 Vt tezkor quvvatlash va IP69K darajasidagi himoya bilan ajralib turadi.

Smartfon 6,79 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displey 2640×1200 piksel aniqlik, DCI-P3 rang qamrovi va 6000 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma Snapdragon 6 Gen 4 Enhanced Edition protsessorida ishlaydi. U 8 GB tezkor xotira va 512 GB gacha ichki xotira bilan taklif etiladi.

Honor X70 Pro Max Android 16 asosidagi MagicOS 10.0 tizimida ishlaydi.

Smartfonda 50 megapikselli asosiy kamera va 8 megapikselli old kamera mavjud. Shuningdek, stereo karnaylar, NFC, infraqizil port, Wi-Fi 6 va teskari simli quvvatlash funksiyasi ham bor.

Model narxi 1999 yuan, ya’ni taxminan $295 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor shaxsiy ma’lumotlarni yashiradigan «virtual ruxsatlar» funksiyasini ishga tushirgandi. Ushbu funksiya foydalanuvchi maxfiyligini himoya qilishga qaratilgan. Endi ayrim ilovalar xabarlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi va kalendar kabi shaxsiy ma’lumotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri kira olmaydi.

Shuningdek