Hudud rahbarlarining Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul jadvallari qanday

eʼlon qilindi
Qabul vaqtlari o‘zgarsa, qo‘shimcha axborot beriladi
Hudud rahbarlarining Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul jadvallari qanday / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Fuqarolar murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va muammolarini tezkor hal etish maqsadida hudud rahbarlarining Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul kunlari va vaqtlari belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, shuningdek, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining hududiy Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul jadvallari tasdiqlandi.

Quyida hudud rahbarlarining tasdiqlangan shaxsiy qabul jadvali:

Hudud rahbariQabul kunlariQabul vaqti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisiHar oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari10:00 – 12:00
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiHar oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari10:00 – 12:00
Toshkent shahar hokimiHar oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari15:00 – 17:00
Andijon viloyati hokimiHar shanba kuni10:00 – 16:00
Buxoro viloyati hokimiHar oyning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari10:00 – 12:00
Jizzax viloyati hokimiHar shanba kuni09:00 – 17:00
Qashqadaryo viloyati hokimiHar oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari11:00 – 14:00
Navoiy viloyati hokimiHar oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi seshanba kunlari10:00 – 12:00
Namangan viloyati hokimiHar oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari10:00 – 12:00
Samarqand viloyati hokimiHar juma kuni10:00 – 12:00
Sirdaryo viloyati hokimiHar dushanba kuni09:00 – 11:00
Surxondaryo viloyati hokimiHar oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari14:00 – 17:00
Toshkent viloyati hokimiHar juma kuni14:00 – 15:00
Farg‘ona viloyati hokimiHar oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari11:00 – 13:00
Xorazm viloyati hokimiHar oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi juma kunlari10:00 – 12:00

Agar obyektiv sabablarga ko‘ra qabulni belgilangan vaqtda o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, qabul kuni va vaqti o‘zgartiriladi hamda bu haqda oldindan rasmiy axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolar murojaatlari uchun ishonch telefonlari joriy etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek