Hudud rahbarlarining Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul jadvallari qanday

Fuqarolar murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va muammolarini tezkor hal etish maqsadida hudud rahbarlarining Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul kunlari va vaqtlari belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, shuningdek, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining hududiy Xalq qabulxonalaridagi shaxsiy qabul jadvallari tasdiqlandi.
Quyida hudud rahbarlarining tasdiqlangan shaxsiy qabul jadvali:
| Hudud rahbari | Qabul kunlari | Qabul vaqti |
|---|---|---|
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi | Har oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari | 10:00 – 12:00 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi | Har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari | 10:00 – 12:00 |
| Toshkent shahar hokimi | Har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari | 15:00 – 17:00 |
| Andijon viloyati hokimi | Har shanba kuni | 10:00 – 16:00 |
| Buxoro viloyati hokimi | Har oyning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari | 10:00 – 12:00 |
| Jizzax viloyati hokimi | Har shanba kuni | 09:00 – 17:00 |
| Qashqadaryo viloyati hokimi | Har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari | 11:00 – 14:00 |
| Navoiy viloyati hokimi | Har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi seshanba kunlari | 10:00 – 12:00 |
| Namangan viloyati hokimi | Har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari | 10:00 – 12:00 |
| Samarqand viloyati hokimi | Har juma kuni | 10:00 – 12:00 |
| Sirdaryo viloyati hokimi | Har dushanba kuni | 09:00 – 11:00 |
| Surxondaryo viloyati hokimi | Har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari | 14:00 – 17:00 |
| Toshkent viloyati hokimi | Har juma kuni | 14:00 – 15:00 |
| Farg‘ona viloyati hokimi | Har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari | 11:00 – 13:00 |
| Xorazm viloyati hokimi | Har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi juma kunlari | 10:00 – 12:00 |
Agar obyektiv sabablarga ko‘ra qabulni belgilangan vaqtda o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, qabul kuni va vaqti o‘zgartiriladi hamda bu haqda oldindan rasmiy axborot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolar murojaatlari uchun ishonch telefonlari joriy etilishi haqida xabar bergan edik.