2027 Chevrolet Equinox’da Cacti Green rangi bo‘lmaydi

20-iyun 2026 17:57 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2027 Chevrolet Equinox’da Cacti Green rangi bo‘lmaydi
Foto: GM Authority

2027-yilgi Chevrolet Equinox modeli ayrim kichik o‘zgarishlar bilan taqdim etiladi. Ulardan biri avtomobil ranglar palitrasi bilan bog‘liq, deya xabar berdi GM Authority.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet 2027 Equinox uchun Cacti Green rangini taklif qilmaydi. Ushbu yashil tusli rang 2025-yilda to‘rtinchi avlod Equinox bilan birga taqdim etilgan edi.

Cacti Green modeli odatiy oq, qora, kulrang va metall ranglardan farqli ko‘rinish bergani sabab ayrim xaridorlar e’tiborini tortgan. U Equinox’ning yangilangan, biroz qo‘polroq dizayni bilan ham yaxshi uyg‘unlashgan.

Foto: GM Authority

Biroq bu rang 2027-yilgi modelga o‘tmaydi. Hatto Chevrolet 2026-yilgi model ishlab chiqarilishi yakunlanishidan oldin ham Cacti Green uchun buyurtmalarni to‘xtatgan.

Uning o‘rniga yangi Autumn Harvest Metallic rangi taklif qilinadi.

Rang o‘zgarishi 2027 Chevrolet Equinox’dagi kam sonli yangiliklardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, 2026-yilda joriy qilingan Trailering Package ham modeldan olib tashlanadi. Ushbu paket avtomobilning tortish imkoniyatlaridan foydalanishga yordam bergan.

Foto: GM Authority

2027 Chevrolet Equinox standart tarzda 1,5 litrli turbo benzin dvigateli bilan jihozlanadi. Model GM D2 platformasida ishlab chiqariladi.

Avtomobil ishlab chiqarilishi Meksikadagi GM San Luis Potosí zavodida yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlangani xabar qilingandi. GM ma’lumotiga ko‘ra, Captiva EV Braziliyada ishlab chiqarilayotgan ikkinchi to‘liq elektr Chevrolet modeli bo‘ldi. Avvalroq ushbu zavodda Chevrolet Spark EUV ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

Shuningdek