Kabo-Verdedan sensatsiya. Afrikaliklar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

27-iyun 2026 09:33 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining «H» guruhi 3-turida Kabo-Verde hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Gollarsiz yakunlangan keskin uchrashuv natijasida Afrika qit’asi vakillari kutilmaganda guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Foto: FIFA.com

O‘yin davomida har ikki jamoa vakillari ham ehtiyotkorlikni yo‘qotmagan holda harakat qilishdi. Garchi hisob ochilmagan bo‘lsa-da, maydondagi kurash qizg‘in kechganini hakam tomonidan ko‘rsatilgan qator sariq kartochkalar ham tasdiqlab turibdi.

Xususan, Saudiya Arabistoni safida Saud Abdulhamid (4-daqiqa), Nosir Al-Davsari (67-daqiqa) va Firas Al-Buraykan (90+3-daqiqa) kabi futbolchilar ogohlantirilgan bo‘lsa, Kabo-Verde tarkibida Vagner Pina (8-daqiqa) sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Foto: FIFA.com

E’tiborli jihati shundaki, Kabo-Verde ushbu turnirda chinakam sensatsiya qayd etmoqda. Jamoa «H» guruhidagi barcha uchrashuvlarda durang o‘ynab, jami 3 ochko to‘plagan holda keyingi bosqichga o‘tishni uddaladi.

Foto: FIFA.com

Avvalroq Kursiv nashri Ispaniya Urugvayni kichik hisobda mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylangani haqida xabar berdi.

Shuningdek