Martenellining goli Braziliyaga nimchorak final yo‘llanmasini taqdim etdi

30-iyun 2026 00:03 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasida Braziliya hamda Yaponiya terma jamoalari to‘qnash keldi. Gabriel Martenillining so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli Braziliyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi kunchiqar yurt vakillarining kutilmagan faolligi bilan yodda qoldi. 29-daqiqadayoq yaponiyalik iqtidor egasi Kayshu Sano maydon markazida to‘pni egallab olib, aniq zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng Braziliya terma jamoasi ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirdi, ammo yapon himoyachilari o‘z o‘rnida mustahkam harakat qilishdi. Ikkinchi bo‘limda bor e’tiborini hujumga qaratgan Braziliya 56-daqiqada o‘z maqsadiga erishdi. Gabrielning qulay uzatmasidan so‘ng tajribali Kazemiro boshi bilan zarba yo‘llab muvozanatni tikladi — 1:1.

Hamma ekstra taymlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda Braziliya g‘alaba golini kiritdi. Bruno Gemarayishning uzatmasini Gabriel Martenilli darvozaga aniq yo‘lladi.

Avvalroq Kursiv nashri Kanada so‘nggi daqiqada gol kiritib nimchorak finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek