Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2-3 ballgacha sezildi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida sodir bo‘lgan 3,9 magnitudali zilzila O‘zbekistonning Andijon viloyatining ayrim hududlarida ham sezildi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 8-iyul kuni soat 00:54:41 da Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida qayd etilgan. Yer silkinishining magnitudasi 3,9, o‘chog‘i esa 5 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Paxtaobod tumanida 2-3 ball, Izboskan, Andijon, Qo‘rg‘ontepa, Xonobod, Jalaquduq, Uchqo‘rg‘on tumanlari hamda Andijon shahrida 2 ball kuch bilan qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkent shahridan 291 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3,4 ming nafarga yaqinlashgani haqida yozgandi.