Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2–3 ballgacha sezildi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida sodir bo‘lgan 3,9 magnitudali zilzila O‘zbekistonning Andijon viloyatining ayrim hududlarida ham sezildi. Bu haqda Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila 8-iyul kuni soat 00:54:41 da Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida qayd etilgan. Yer silkinishining magnitudasi 3,9, o‘chog‘i esa 5 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Paxtaobod tumanida 2–3 ball, Izboskan, Andijon, Qo‘rg‘ontepa, Xonobod, Jalaquduq, Uchqo‘rg‘on tumanlari hamda Andijon shahrida 2 ball kuch bilan qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Toshkent shahridan 291 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3,4 ming nafarga yaqinlashgani haqida yozgandi.