
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Farg‘onaning «Neftchi» klubi hujumkor yarim himoyachisi Alisher Odilov 11-iyul kuni oila qurdi. Bu haqda Farg‘ona klubining matbuot xizmati ma’lumot berdi.

«Bugun jamoamiz hujumkor yarim himoyachisi Alisher Odilovning hayotida yangi va mas’uliyatli davr boshlanmoqda. Bo‘lib o‘tayotgan to‘y munosabati bilan klub ma’muriyati va butun jamoamiz nomidan yosh oila rahbariga samimiy tilaklarimizni bildiramiz», — deyiladi klub xabarida.



Ma’lumot uchun, Alisher Odilov 2001-yilning 15-iyulida Andijon viloyatida tavallud topgan. Faoliyati davomida «Olimpik», Rossiyaning «Ximki» hamda Namanganning «Navbahor» klublarida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning ham nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan edi.