«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi uchun loyihalar qabuli boshlandi

15-iyuldan boshlab «Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun loyihalarni qabul qilish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustga qadar o‘z loyihalarini Openbudget.uz portali orqali taqdim etishlari mumkin. Shuningdek, 3-avgustgacha sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham kiritish imkoniyati yaratilgan. Shundan so‘ng, 4 – 18-avgust kunlari taqdim etilgan loyihalar saralanadi.
| Bosqich | Muddat |
|---|---|
| Loyihalarni kiritish | 15-iyul – 3-avgust |
| Loyihalarni saralash | 4 – 18-avgust |
| Targ‘ibot bosqichi | 19 – 21-avgust |
| Ovoz berish bosqichi | 22 – 31-avgust |
| Qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish | 1 – 10-sentabr |
| An’anaviy ovoz berish g‘oliblarini e’lon qilish | 1-sentabr (Mustaqillik bayrami kuni) |
Jarayonning navbatdagi bosqichlari 19 – 21-avgust kunlari targ‘ibot ishlari, 22 – 31-avgust kunlari esa an’anaviy ovoz berishdan iborat bo‘ladi. Qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi 1 – 10-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim xizmatlarda ID-kartaning asl nusxasi talab etilmasligi haqida yozgan edik.