“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumi uchun loyihalar qabuli boshlandi

eʼlon qilindi
Loyihalar 3-avgustga qadar qbul qilinadi
«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi uchun loyihalar qabuli boshlandi / Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15-iyuldan boshlab «Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumi uchun loyihalarni qabul qilish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustga qadar o‘z loyihalarini Openbudget.uz portali orqali taqdim etishlari mumkin. Shuningdek, 3-avgustgacha sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham kiritish imkoniyati yaratilgan. Shundan so‘ng, 4–18-avgust kunlari taqdim etilgan loyihalar saralanadi.

BosqichMuddat
Loyihalarni kiritish15-iyul – 3-avgust
Loyihalarni saralash4–18-avgust
Targ‘ibot bosqichi19–21-avgust
Ovoz berish bosqichi22–31-avgust
Qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish1–10-sentabr
An’anaviy ovoz berish g‘oliblarini e’lon qilish1-sentabr (Mustaqillik bayrami kuni)

Jarayonning navbatdagi bosqichlari 19–21-avgust kunlari targ‘ibot ishlari, 22–31-avgust kunlari esa an’anaviy ovoz berishdan iborat bo‘ladi. Qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi 1–10-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

An’anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim xizmatlarda ID-kartaning asl nusxasi talab etilmasligi haqida yozgan edik.

Shuningdek