«Internetda so‘karkansiz, o‘zimga aytarsiz» — Shomurodov haqorat qilgan muxlisga qo‘ng‘iroq qilgani haqida

20-iyul 2026 09:56 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Eldor Shomurodov
Foto: Instagram / Eldor Shomurodov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Kanada bilan o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlarda uni tanqid qilgan muxlisga qo‘ng‘iroq qilganini aytdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, muxlis avvaliga qo‘ng‘iroqni ko‘tarmagan, keyin esa Shomurodov bilan gaplashganida hayron qolgan.

Kanada O‘zbekistonni 2:0 hisobida mag‘lub etgan

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Kanada mehmoni bo‘lgandi.

Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kanada safida 58-daqiqada Jonatan Osorio, 91-daqiqada esa Jeydon Nelson gol urdi.

Futbolchi muxlisga o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan

Shomurodovning aytishicha, Kanada bilan o‘yindan keyin Instagram’ga kirganida tanqidiy xabarlardan biriga ko‘zi tushgan. U muxlisning Telegrami orqali unga qo‘ng‘iroq qilgan.

Futbolchi muxlisga «internetda so‘karkansiz, o‘sha gaplarni o‘zimga aytarsiz», degan mazmunda yozganini aytdi. Keyin u muxlisdan telefonni ko‘tarishni so‘ragan.

Muxlis Shomurodov ekanini bilib hayron qolgan

Shomurodovning so‘zlariga ko‘ra, muxlis avvaliga qo‘ng‘iroqqa javob bermagan. Keyin videomuloqot bo‘lganida esa futbolchini tanib, hayratda qolgan.

Muxlis unga aslida Shomurodovning muxlisi ekanini va vaziyatdan «shok» bo‘lganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Nyu-York shahrida futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashib, yakunda ispanlar amaldagi chempionlarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek