Ispaniya futbolchilari chempionlikni 800 ming dollarlik sharob bilan nishonlamoqda

26-iyul 2026 15:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Ispaniya futbolchilari jahon chempionligini qimmatbaho vino bilan nishonlashda davom etmoqda
Foto: depositphotos.com

2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblari Ferran Torres va Markos Lyorente chempionlik tantanalarini davom ettirmoqda. Futbolchilar yaxtada olingan suratda dunyodagi eng qimmat sharoblardan biri bilan ko‘rinish berdi.

Yaxtadagi surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

Ferran Torres va Markos Lyorente Instagram sahifalarida yaxtada tushgan suratni e’lon qildi. Unda futbolchilar yonida Fransiyaning mashhur Domaine de la Romanée-Conti sharobi ham aks etgan.

Suratga «Hayot chempionlari» degan izoh qoldirilgan.

Dunyodagi eng qimmat sharoblardan biri

Domaine de la Romanée-Conti Burgundiyadagi eng nufuzli sharob xo‘jaliklaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi XIII asrga borib taqaladi.

Joriy yil mart oyida Nyu-Yorkdagi auksionlarning birida ushbu sharob shishalaridan biri $812,5 mingga sotilib, jahon rekordini o‘rnatgandi.

Mashhur ichimliklar kolleksiyasi

Markos Lyorente bundan avval ham ijtimoiy tarmoqlarda boshqa nufuzli sharob va shampan brendlari bilan tushgan suratlarini ulashgan. Ular orasida Château Rayas, Champagne Salon, Coche-Dury, Louis Roederer Cristal va Krug kabi premium ichimliklar ham bor.

Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng futbolchilar chempionlik tantanalarini davom ettirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lamin Yamalning avtomobillar kolleksiyasida qanday modellar borligi haqida yozgandi.

Shuningdek