
2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblari Ferran Torres va Markos Lyorente chempionlik tantanalarini davom ettirmoqda. Futbolchilar yaxtada olingan suratda dunyodagi eng qimmat vinolardan biri bilan ko‘rinish berdi.
Yaxtadagi surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi
Ferran Torres va Markos Lyorente Instagram sahifalarida yaxtada tushgan suratni e’lon qildi. Unda futbolchilar yonida Fransiyaning mashhur Domaine de la Romanée-Conti vinosi ham aks etgan.
Suratga «Hayot chempionlari» degan izoh qoldirilgan.
Dunyodagi eng qimmat vinolardan biri
Domaine de la Romanée-Conti Burgundiyadagi eng nufuzli vino xo‘jaliklaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi XIII asrga borib taqaladi.
Joriy yil mart oyida Nyu-Yorkdagi auksionlarning birida ushbu vino shishalaridan biri $812,5 mingga sotilib, jahon rekordini o‘rnatgandi.
Mashhur ichimliklar kolleksiyasi
Markos Lyorente bundan avval ham ijtimoiy tarmoqlarda boshqa nufuzli vino va shampan brendlari bilan tushgan suratlarini ulashgan. Ular orasida Château Rayas, Champagne Salon, Coche-Dury, Louis Roederer Cristal va Krug kabi premium ichimliklar ham bor.
Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng futbolchilar chempionlik tantanalarini davom ettirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lamin Yamalning avtomobillar kolleksiyasida qanday modellar borligi haqida yozgandi.