Mirziyoyev Issiqko‘lda suv-motor sporti chempionati ochilishida ishtirok etdi — foto

1-avgust 2026 13:44 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Mirziyoyev Issiqko‘lda suv-motor sporti chempionati ochilishida ishtirok etdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida o‘tkazildi.

Marosimda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlari ishtirok etdi. Davlat rahbarlari musobaqa qatnashchilari va mehmonlarini qutladi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatdi.

Gran-pri F1H2O chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi

Qirg‘iziston Gran-prisi Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilmoqda. U «suvdagi Formula-1» nomi bilan tanilgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Musobaqalarda har yili turli davlatlardan professional jamoalar va sportchilar qatnashadi.

Jahon chempionati bosqichi mintaqada ilk bor o‘tkazilmoqda

Foto: prezident matbuot xizmati

F1H2O jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilmoqda.

Musobaqa dasturidan mashg‘ulotlar, saralash bosqichi va asosiy poyga o‘rin olgan. Asosiy bahslarda tezyurar qayiqlar soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari Issiqko‘lda yangi besh yulduzli mehmonxonani ochgani haqida xabar berilgandi. Marosim davomida yetakchilar mehmonxona majmuasida dam oluvchilar hamda xalqaro forum va uchrashuvlarni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek