Ronaldu va Jorjinaning to‘yi bo‘ldimi — minglab muxlislar «manzilda» adashishdi

9-avgust 2026 11:26 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Ronaldu va Georginaning to‘yi bo‘ldimi — minglab muxlislar «manzilda» adashishdi
Foto: euronews.com

Portugaliyaning Madeyra orolida 2 mingdan ortiq Krishtianu Ronaldu muxlisi futbolchi va uning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodrigesning to‘yi bo‘lyapti, deb o‘ylab, boshqa juftlikning to‘yiga tashif buyurishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Muxlislar noto‘g‘ri manzilga borib qolgan

Voqea 8-avgust kuni Madeyradagi sobor yaqinida yuz bergan. Ronaldu va Jorjina Rodrigesning to‘yi shu hududda o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan minglab muxlislar to‘planib, mashhur futbolchini kutgan.

Foto: euronews.com

Biroq ko‘pchilik kutganidek, sobor oldida Ronaldu va Jorjina emas, portugaliyalik Fabio Ramos va Fatima Nikol Kunha Teysheyra paydo bo‘lgan.

Foto: euronews.com

Muxlislar vaziyatni kelin-kuyov marosimga chiqib kelganidan keyingina tushunib yetgan.

Kelinning o‘zi ham muxlislar qurshovida qolgan

Kutilmagan olomon sabab haqiqiy kelin-kuyovning qarindoshlari va do‘stlari marosim o‘tkazilayotgan joyga kirishda qiynalgan. Minglab muxlislar esa Ronaldu keladi degan umidda sobor atrofida kutishda davom etgan.

Foto: euronews.com

To‘y ishtirokchilaridan biri vaziyatni izohlab, kuyov Fabio Ramosning Ronaldu emasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat hech kimning xayoliga ham kelmagan.

Rolls-Royce ham olomonni chalg‘itdi

Vaziyat kelin Fatimani marosimga olib kelgan kulrang Rolls-Royce maydonga kirganida yanada qizigan. Muxlislar avtomobilni darhol qurshab olib, telefon kameralarini ishga tushirgan.

Foto: euronews.com

Ular avtomobildan tushayotgan ayolni Jorjina Rodriges deb o‘ylashgan. Natijada yuzlab muxlislar kelinni suratga olish va videoga olish uchun uning atrofida to‘planib ketgan.

Ronaldu va Jorjinaning to‘yi kutilmoqda

Ronaldu va uning uzoq yillik jufti Jorjina Rodrigesning Portugaliyada dabdabali to‘y qilishi haqidagi xabarlar so‘nggi kunlarda keng tarqalgan. Biroq ularning aynan qachon va qayerda turmush qurishi borasida aniq rasmiy ma’lumot yo‘q.

Shu sababli muxlislarning bir qismi tarqalgan xabarlarga ishonib, boshqa juftlikning eng muhim kuniga beixtiyor guvoh bo‘lib qolgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning sevgi hikoyasi haqida yozgandi.

Shuningdek