
Samsung Buyuk Britaniyada Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni uchun yangi chegirmalarni taklif qilmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Aksiya doirasida qurilmani 150 funt sterling arzonroq xarid qilish, eski smartfonni topshirish orqali qo‘shimcha chegirma olish hamda Samsung Care+ xizmatiga ulanishda bepul magnitli g‘ilofga ega bo‘lish mumkin.
Narx 1 129 funt sterlinggacha tushadi
Galaxy S26 Ultra’ning 256 GB xotirali versiyasi Buyuk Britaniyada odatda 1 279 funt sterlingdan sotiladi. Amaldagi 150 funt sterlinglik chegirma hisobiga uning boshlang‘ich narxi 1 129 funt sterlinggacha tushadi.

Samsung ushbu chegirma uchun ULTRA1 promokodini taklif qilmoqda. Ayrim hollarda chegirma Samsung internet-do‘konida avtomatik ravishda ham qo‘llanishi mumkin. Aksiya 8-sentabrgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, xaridorlar eski qurilmasini trade-in dasturi orqali topshirib, uning modeliga qarab 635 funt sterlinggacha qo‘shimcha chegirma olishlari mumkin.
Xaridorlarga bepul magnitli g‘ilof beriladi
Galaxy S26 Ultra xaridorlari uchun Samsung Care+ xizmatiga oid alohida taklif ham mavjud. Xizmatga yangi qo‘shilgan mijozlarga dastlabki uch oy bepul taqdim etiladi.
Shuningdek, yangi Samsung Care+ mijozlari Galaxy S26 Ultra uchun magnitli g‘ilofni qo‘shimcha to‘lovsiz olishlari mumkin. SamMobile ma’lumotiga ko‘ra, aksessuar odatda 49 funt sterling turadi. Ushbu taklif ham 8-sentabrgacha amal qiladi.

10 foizlik qo‘shimcha chegirma muddati tugadi
Samsung 25-avgust kuni Galaxy S26 Ultra uchun APPS promokodi orqali yana 10 foizlik qo‘shimcha chegirma ham taklif qilgan edi. Biroq mazkur kod faqat 25-avgust kuni amal qilgan va 26-avgust holatiga uning muddati tugagan.
Shunday qilib, hozirda Buyuk Britaniyadagi xaridorlar uchun 150 funt sterlinglik asosiy chegirma, 635 funt sterlinggacha trade-in imtiyozi hamda Samsung Care+ bilan bepul magnitli g‘ilof takliflari saqlanib qolmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy A58 ilk bor ma’lumotlar bazasida ko‘ringani haqida yozgan edi,.