Xiaomi Skynomad N70 qanday narxda sotiladi

8-sentabr 2026 18:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi Skynomad N70 qanday narxda sotiladi
Foto: Xiaomi

Xiaomi’ning yangi Xiaomi Skynomad N70 krossoveri Xitoyda sotuvga chiqarildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Uzaytirilgan yurish zaxirasiga ega EREV modelining boshlang‘ich narxi 209,9 ming yuan, ya’ni qariyb $31,3 mingni tashkil qiladi. Yuqori N70 Max versiyasi esa birgina elektr energiyasida WLTP sikli bo‘yicha 414 km masofa bosib o‘ta olishi bilan ajralib turadi. Taqqoslash uchun, Xitoyda Tesla Model Y narxi 263,5 ming yuandan boshlanadi.

N70 Mercedes-Benz GLE’dan ham uzunroq

Foto: Xiaomi

Skynomad N70 besh o‘rinli SUV bo‘lib, uning uzunligi 4 960 mm, eni 1 998 mm, balandligi 1 765 mm. G‘ildirak bazasi 2 950 mm ni tashkil qiladi. Model Mercedes-Benz GLE’dan 23 mm uzunroq.

Avtomobil 19 yoki 21 dyuymli g‘ildiraklar bilan taklif qilinadi. Dizaynda yirik geometrik faralar, yarim yashirin eshik tutqichlari va orqa qismni o‘rab turuvchi halqasimon chiroqlar qo‘llangan. Xaridorlar ko‘k, bej, kulrang, yashil, qora va oq ranglardan birini tanlashi mumkin.

Old o‘rindiqlar 180 darajaga buriladi

Foto: Xiaomi

N70 salonida ikki qator o‘rindiq mavjud. Old o‘rindiqlar 180 darajaga burilib, orqa qatordagi yo‘lovchilarga qarashi mumkin. Ular 16 nuqtali massaj va «zero gravity» rejimini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkinchi qator o‘rindiqlarining suyanchig‘ini 135 darajagacha yotqizish mumkin. Isitish va ventilyatsiya funksiyalari standart jihozlar qatoriga kiradi.

Old panelda 16,1 dyuymli markaziy multimedia ekrani, 8,8 dyuymli raqamli asboblar paneli hamda 20 dyuymli proyeksion HUD displey joylashtirilgan.

Salonda odatiy markaziy tunnel yo‘q. Uning o‘rniga qo‘shimcha saqlash joylari yaratilgan. Orqa yo‘lovchilar uchun shiftga o‘rnatilgan 21,4 dyuymli monitor va 9 litrli sovutkich ham mavjud. N70 Pro 14 ta dinamik bilan jihozlansa, Max versiyasida umumiy quvvati 4 890 Vt bo‘lgan 25 ta dinamik o‘rnatiladi.

Bagaj hajmi 2 425 litrgacha yetadi

Foto: Xiaomi

Ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar uchun maksimal oyoq joyi 1 410 mm ni tashkil qiladi. Bagajning standart sig‘imi 1 203 litr, orqa o‘rindiqlar yig‘ilganda esa bu ko‘rsatkich 2 425 litrgacha oshadi.

N70 Max’da 256 rangli atmosfera yoritqichi, orqa yo‘lovchilar uchun 6,88 dyuymli boshqaruv ekrani va avtomobil ichidagi stollar ham mavjud.

Kuzov konstruksiyasining 91,3 foizi yuqori mustahkam po‘lat va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan. Kuzovning 14 ta qismida mustahkamligi 2 200 MPa gacha yetadigan issiq shtamplangan po‘lat ishlatilgan

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 18 Fold uchun oldindan buyurtma berish boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek