
Adidas Disney’ning mashhur «Avtomobillar» multfilmi 20 yilligiga bag‘ishlangan maxsus futbol butsilar kolleksiyasini taqdim etdi. Yangi seriyaga Chaqmoq Makkuin va Metr obrazlaridan ilhomlangan ikkita model kiritildi.
Butsilar allaqachon sotuvga chiqarilgan bo‘lib, ular nafaqat futbolchilar, balki multfilm muxlislari va noodatiy kolleksion poyabzal izlayotgan xaridorlarga ham mo‘ljallangan.
Chaqmoq Makkuin butsilarida 95 raqami bor
Chaqmoq Makkuin obraziga bag‘ishlangan model qizil rangda ishlangan. Yon tomonlariga sariq-to‘q sariq alangalar hamda multfilm qahramonining mashhur 95 raqami tushirilgan.
Dizayn multfilmdagi poyga avtomobilining tashqi ko‘rinishini futbol butsisi shaklida aks ettiradi.
Metr modeli zanglagan evakuatorni eslatadi
Ikkinchi model «Tachkalar»dagi Metr qahramonidan ilhomlangan. Butsi jigarrang va feruza ranglar uyg‘unligida tayyorlanib, multfilmdagi zanglagan evakuator ko‘rinishini takrorlaydi. Poyabzal til qismiga ko‘z shaklidagi detallar qo‘shilgan, orqa tomonida esa kichik tortish trosi joylashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» «Hayvonlar shahri» multfilmining uchinchi qismi qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.