Abduqodir Husanov Premyer-liga himoyachilari orasida paslar bo‘yicha yetakchi

14-sentabr 2026 12:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Getty Images

«Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasida qanot himoyachilari orasida amalga oshirilgan paslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, Husanov hisobida 252 ta pas bor. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u eng yaqin ta’qibchisini 42 ta pasga ortda qoldirgan.

Husanov 252 ta pas bilan birinchi

Foto: DataMB

Reytingda ikkinchi o‘rinni «Brayton» vakili Oliver Boskagli egallagan — 210 ta pas. «Manchester Siti»ning yana bir himoyachisi Yoshko Gvardiol 167 ta pas bilan uchinchi pog‘onada.

Keyingi o‘rinlarda «Arsenal» himoyachisi Ben Uayt 156 ta, «Fulhem» vakili Antonee Robinson 154 ta va «Manchester Yunayted» futbolchisi Lyuk Shou 152 ta pas bilan qayd etilgan.

«Manchester Siti»ning ikki futbolchisi kuchli uchlikda

Statistikada «Manchester Siti»dan birdaniga ikki futbolchi kuchli uchlikka kirgan. Husanov birinchi, Gvardiol esa uchinchi o‘rinda turibdi.

Bu ko‘rsatkich Husanovning jamoa o‘yinini tashkil qilishda va to‘pni himoyadan oldinga olib chiqishda faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi.

Eng yaqin ta’qibchidan 42 ta pas ko‘p

Husanovning 252 ta pasi ikkinchi o‘rindagi Boskaglining natijasidan 20 foizga ko‘p. Uchinchidagi Gvardioldan esa o‘zbekistonlik futbolchi 85 ta pasga oldinda.

Reytingning kuchli o‘nligidan «Fulhem», «Sanderlend», «Brentford», «Everton» va boshqa klublar vakillari ham joy olgan.

Avvalroq «Kursiv» Manchester derbisida Husanov maydonmga tushmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek