
Gruziyalik mutaxassis Lasha Gudjedjiani O‘zbekiston erkaklar dzyudo terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ma’lum qildi.
Gudjejyani terma jamoa bilan ish boshladi
Federatsiya xabariga ko‘ra, Lasha Gudjedjiani O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshlagan.
Uning boshqaruvida O‘zbekiston terma jamoasi Lausanne Grand Slam – 2026 turnirida ham ishtirok etdi. Musobaqada o‘zbekistonlik dzyudochilar bitta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritib, 77 davlat orasida kuchli oltilikdan joy oldi.
Gruziya terma jamoasi bilan katta natijalarga erishgan
Gudjejyani 2020-yil 1-dekabrdan 2026-yil iyuligacha Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Uning rahbarligida Gruziya dzyudochilari Tokio – 2020 Olimpiadasida bitta oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritgan. Parij – 2024 Olimpiadasida esa jamoa bitta oltin va ikkita kumush medal bilan yakunlagan.
2025-yilda Gruziya terma jamoasi jamoaviy bahslarda jahon chempioni bo‘lib, tarixiy natijaga erishgan.
Dunyodagi eng yaxshi murabbiy deb topilgan
Lasha Gudjedjiani 2022-yilda Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etilgan. Yevropa dzyudo ittifoqi esa uni 2021 va 2023-yillarda ikki marta Yevropaning eng yaxshi murabbiyi deb topgan.
Gudjejyani sportchilik faoliyati davomida ham ikki marta jahon chempionati sovrindori bo‘lgan.
Avvalroq «Kursiv» «Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» Osiyo turnirlarida qancha pul ishlab olishi haqida yozgan edi.