iPhone 18 Pro smartfonida kamchilik aniqlandi — sabablar

28-sentabr 2026 15:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iPhone 18 Pro smartfonida kamchilik aniqlandi — sabablar
Foto: Apple

Ayrim iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari Face ID orqali yuzni tanish muvaffaqiyatsiz yakunlanganda smartfon qotib qolishi va avtomatik qayta yuklanishi haqida xabar bermoqda. Apple ushbu muammo haqida murojaatlar kelib tushganini tasdiqladi.

Muammo Face ID bilan bog‘liq holatlarda kuzatilmoqda

Foydalanuvchilarning xabarlariga ko‘ra, nosozlik ayrim Face ID autentifikatsiyasi muvaffaqiyatsiz tugaganidan keyin yuz beradi. Bunda smartfon avval qotib qoladi, keyin esa o‘z-o‘zidan qayta ishga tushadi.

Foto: Apple

Hozircha muammo barcha iPhone 18 Pro qurilmalarida kuzatilayotgani haqida ma’lumot yo‘q.

Apple yangilanish chiqaradi

Kompaniya vakillari nosozlik smartfonning apparat qismi bilan emas, tizim dasturiy ta’minoti bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan.

Foto: Apple

Muammo kompaniyaning muhandislik bo‘limiga yetkazilgan. Uni operatsion tizimning navbatdagi yangilanishi orqali bartaraf etish rejalashtirilmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, tuzatish iOS yangilanishi bilan chiqarilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil aloqasiz qolgani haqida yozgan edi.

Shuningdek