Sindarov, Abdusattorov va Madaminov: shaxmat olimpiadasi g‘oliblari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

29-sentabr 2026 09:50 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Bir guruh Qurolli Kuchlar va xavfsizlik organlari xodimlari mukofotlandi
Foto: President.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari hamda ishtirokchilarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, shaxmatchilar, murabbiylar va federatsiya vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni

  • Muhiddin Madaminov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni

  • Nodirbek Abdusattorov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Shamsiddin Vohidov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Nodirbek Yoqubboyev — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni

  • Rustam Qosimjonov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi;
  • Samandar Shermuhammadov — O‘zbekiston parashaxmat milliy terma jamoasi murabbiysi;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni

  • Komil Sindarov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari;

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni

  • Javohir Sindarov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;

«Do‘stlik» ordeni

  • Nafisa Mo‘minova — O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
  • Bobir Sattarov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi;
  • Rashid Talipov — Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi;

«Mardlik» ordeni

  • Jahongir Vohidov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Sirojiddin Zaynidinov — O‘zbekiston parashaxmat milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Selbi Kakishova — O‘zbekiston parashaxmat milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Ahadxon Kimsanboyev — O‘zbekiston parashaxmat milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Sardorbek Mamarajabov — O‘zbekiston parashaxmat milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Marsel Shayusupov — O‘zbekiston parashaxmat milliy terma jamoasi a’zosi;

«Kelajak bunyodkori» medali

  • Abdimalik Abdisalimov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Komiljon Azizov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi;
  • Humoyun Begmuratov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Javlon Mardonov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi;
  • Ortiq Nig‘matov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Muxammadzoxid Suyarov — O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;

«Sog‘lom turmush» medali

  • Afro‘za Xamdamova — O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Baxtiyor Djumayev — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi;
  • Nilufarxon Imomqo‘ziyeva — O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Guldona Karimova — O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Umida Omonova — O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Gulruxbegim Toxirjonova — O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindarov Bibisara Assaubaevani tabriklagani haqida xabar berilgandi. Samarqanddagi olimpiadada Asaubaeva Qozog‘iston ayollar terma jamoasi safida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston jamoasi musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Shuningdek