Cobalt va Damas uchun 15 mln so‘mgacha qayta chegirma e’lon qilindi

30-sentabr 2026 10:31 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Cobalt va Damas uchun 15 mln so‘mgacha qayta chegirma e’lon qilindi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt Style va Damas avtomobillari uchun chegirmalar dasturini qayta yo‘lga qo‘ydi. Cobalt Style narxi 10 mln so‘mga, Damas esa 15 mln so‘mga arzonlashtirildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, aksiya mijozlardan kelib tushgan murojaatlar hamda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan qayta joriy etilgan.

Cobalt 146,1 mln so‘mga tushdi

Chevrolet Cobalt Style uchun 10 mln so‘mlik chegirma beriladi. Natijada avtomobil narxi 156,1 mln so‘mdan 146,1 mln so‘mga tushdi.

Damas uchun esa 15 mln so‘mlik chegirma belgilangan. Uning narxi 96,932 mln so‘mdan 81,932 mln so‘mga kamaydi.

Shuningdek, o‘qing: Braziliyada ishlab chiqarilgan Cobalt: saloni keng, ammo shovqini baland

Aksiya faqat 100% to‘lovda amal qiladi

Maxsus aksiya avtomobil uchun to‘lov 100% amalga oshirilganda qo‘llanadi. Tijorat banklari orqali amalga oshirilgan xaridlarga chegirma shartlari tatbiq etilmaydi.

UzAuto Motors chegirmadagi avtomobillar soni cheklanganini ham ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Osiyoda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 9-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek