
FIFA prezidenti Janni Infantino 29 – 30-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uni O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.
Futbol infratuzilmasi bilan tanishadi
Tashrif davomida FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator loyiha hamda obyektlar bilan tanishadi.

Shuningdek, mamlakat futbolini rivojlantirishga doir istiqboldagi loyihalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Yosh futbolchilarga e’tibor qaratiladi
Tomonlar yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, futbolchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini ham ko‘rib chiqadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Infantino Toshkentga kelishi haqida yozgan edi.