
4-oktabr kuni Andijon mashina bozorida Chevrolet Cobalt’larning narxi ishlab chiqarilgan yili, bosib o‘tgan masofasi va holatiga qarab taxminan $6 mingdan $11,5 minggacha bo‘ldi. 2026-yilgi Cobalt uchun $11,5 ming so‘ralgan bo‘lsa, ayrim eski modellar $6–8,5 ming oralig‘ida taklif qilindi.
Bozorda 2026-yilda ishlab chiqarilgan, 4,2 ming km yurgan Cobalt $11,5 mingga taklif qilindi. Sotuvchining aytishicha, avtomobilda ABS, kruiz-kontrol va monitor mavjud. Kuzovida kichik bo‘yoq izi borligi ham qayd etilgan.
2023-yilda ishlab chiqarilgan, 28 ming km yurgan Cobalt esa $10 mingga sotilgan. Yana bir 2024-yilgi, 72 ming km yurgan avtomobil $10,45 mingga xaridor topgan.
2022-yilgi Cobalt $8,7 mingga sotildi
2022-yilda ishlab chiqarilgan, 81 ming km yurgan Cobalt savdolashuvdan so‘ng $8,7 mingga sotilgan. Avtomobilda ayrim bo‘yalgan qismlar va almashtirilgan kapot borligi aytilgan.
Yana bir 2022-yilgi, avtomat uzatmali va 102 ming km yurgan Cobalt uchun $9,4 ming so‘raldi. Sotuvchi narxdan biroz tushishini bildirgan.
Eski Cobalt’lar qancha turmoqda
Shuningdek, o‘qing: 2020-yilgi Chevrolet Cobalt nega yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin
2018-yilgi avtomat Cobalt, 280 ming km masofa bilan $7,5 mingga, 2020-yilgi mexanika, 445 ming km yurgan avtomobil esa $7,3 mingga taklif qilindi.
2019-yilgi, 147,6 ming km yurgan mexanik Cobalt uchun $8,5 ming, 2018-yilgi 144 ming km yurgan mexanika uchun esa $8,4 ming so‘ralgan.
Bozordagi eng arzon takliflardan biri 2013-yilgi Cobalt bo‘lib, uning narxi $6 ming deb ko‘rsatilgan. 2014-yilgi, 199 ming km yurgan Cobalt esa $6,8 mingga taklif qilingan.
Narx avtomobil holatiga qarab farq qiladi
Bozordagi takliflardan ko‘rinishicha, Cobalt narxiga ishlab chiqarilgan yil bilan birga bosib o‘tgan masofa, kuzovdagi bo‘yoqlar, gaz uskunasi, uzatma turi va qo‘shimcha jihozlar ham ta’sir qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondagi avtosalonlardan birida Chevrolet Cobalt, Onix hamda JAC avtomobillarining amaldagi narxlari ko‘rib chiqilgandi. 2026-yilgi Chevrolet Cobalt narxi $14,5 mingdan, ayrim Xitoy modellari esa $14,9 mingdan boshlanmoqda.