Honor Power 3 7 dyuymli OLED ekran bilan chiqishi mumkin

6-oktabr 2026 16:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor Power 3 7 dyuymli OLED ekran bilan chiqishi mumkin
Foto: Honor

Honor Power 3 smartfoni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Huaweicentral texnologiysalar nashri xabar bermoqda.

Qurilma avvalgi avlodga nisbatan kattaroq ekran va yuqori sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi mumkin. Hozircha smartfonning taqdimot sanasi rasman e’lon qilinmagan.

7 dyuymli OLED ekran

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Honor Power 3 7 dyuymli tekis OLED displey bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun, Honor Power 2 modeli 6,79 dyuymli tekis LTPS OLED ekran bilan taqdim etilgan edi.

Yangi Dimensity 8600 protsessori

Honor Power 3’ning apparat platformasi sifatida MediaTek Dimensity 8600 chipi qo‘llanishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi chip 3 nm texnologik jarayon asosida ishlab chiqarilishi va yangilangan protsessor arxitekturasiga ega bo‘lishi mumkin.

Bu esa ishlash unumdorligini oshirish va qurilmaning qizishini samaraliroq boshqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Dimensity 8600’ning taqdimoti 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshiga rejalashtirilayotgani aytilmoqda.

Asosiy urg‘u batareyaga beriladi

Honor Power 3’ning muhim xususiyatlaridan biri katta sig‘imli batareya bo‘lishi mumkin.

Uning aniq sig‘imi hozircha oshkor etilmagan. Avvalgi sizib chiqqan ma’lumotlarda esa yangi model Honor tarixidagi eng katta batareyalardan biri bilan jihozlanishi aytilgan. Taqqoslash uchun, Honor Power 2 10 080 mA/soat sig‘imli kremniy-uglerod batareyaga ega.

Taqdimot sanasi noma’lum

Honor Power 3’ning rasmiy taqdimot sanasi va boshqa texnik xususiyatlari hozircha ma’lum emas. Yangi model 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida taqdim etilishi mumkin, biroq bu muddat ham rasman tasdiqlanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor X9e Pro 15,5 metr chuqurlikda sinovdan o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek