Huawei Mate 90 seriyasi bir haftada 270 mingdan oshdi

8-oktabr 2026 10:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei Mate 90 seriyasi bir haftada 270 mingdan oshdi
Foto: Huawei

Huawei Mate 90 seriyasi Xitoy bozorida sotuvga chiqqanidan keyin tez sur’atda ommalashmoqda. RDObservation ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya dastlabki bir haftada 270 mingdan ortiq Mate 90 seriyasidagi smartfonlarni sotgan.

Eng katta ulush Mate 90 Pro Max hissasiga to‘g‘ri keldi

Sotuvlarning qariyb 40% i Kirin 9050 Pro chipiga ega Huawei Mate 90 Pro Max modeliga to‘g‘ri kelgan. Yana taxminan 30% ulushni Huawei Mate 90 Pro ta’minlagan. Seriyaning ikki yuqori modeli jami sotuvlarning asosiy qismini egallagan.

Erta taqdimot talabga ta’sir qilgan

Huawei Central’ga ko‘ra, yuqori talabning sabablaridan biri yangi avlodning odatdagidan ertaroq chiqarilgani bo‘lishi mumkin. Avvalgi Mate seriyasi noyabr oxirida taqdim etilgan bo‘lsa, Mate 90 bu safar bozorga ancha oldin chiqqan.

Narxlar ham muhim omil bo‘lgan

Huawei komponentlar qimmatlashganiga qaramay, Mate 90 seriyasining turli versiyalarida narxlarni nisbatan jozibador darajada saqlashga harakat qilgan.

Shuningdek, kompaniya dizayn, apparat platformasi, dasturiy imkoniyatlar va kameralarni kompleks yangilagan.

Mate 80 ham muvaffaqiyatli sotilgan

Avvalgi Huawei Mate 80 seriyasi ham bozorda yuqori natija ko‘rsatgan edi. Avgust oyidayoq ushbu seriya savdosi 8,2 mln donadan oshgani ma’lum qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Mate 90 smartfoni rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek