
«Al-Nassr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasining sakkizinchi turida «Al-Diriyah» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan keyin navbatdagi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qisqa post qoldirdi.
«Ish bajarildi. Endi navbatdagi o‘yinga!» — deb yozdi Ronaldu.
Job done. On to the next one! 💪🏽 https://t.co/lwKjjmcOBG
— Cristiano Ronaldo (@Cristiano) October 9, 2026
Ronaldu faoliyatidagi 980-golini urdi
«Al-Nassr» uchrashuvda raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ronaldu 23-daqiqada hisobni ochdi. Bu uning klublar va Portugaliya terma jamoasi safidagi faoliyatida urgan 980-goli bo‘ldi.
35-daqiqada Samu Koshta mezbonlar ustunligini oshirdi. 77-daqiqada esa Kingsli Koman uchrashuvning yakuniy hisobini o‘rnatdi.
G‘alabadan so‘ng «Al-Nassr» ochkolari sonini 19 taga yetkazib, yetakchi «Al-Qodisiya»ga tenglashdi. Biroq jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra undan ortda qolmoqda.
Shuningdek, o‘qing: Krishtianu Ronaldu va Messi bir jamoada birga o‘ynashi mumkin
Keyingi raqib — O‘zbekistonning «Neftchi» klubi
«Al-Nassr» navbatdagi uchrashuvini 12-oktabr kuni o‘z maydonida O‘zbekistonning «Neftchi» klubiga qarshi o‘tkazadi.
Bahs Osiyo Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi va 23:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Shundan so‘ng «Al-Nassr» 15-oktabr kuni Saudiya Arabistoni chempionatida safarda «Al-Ahli» bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jesus Ronalduning bayonotiga javob qaytargani haqida yozgan edi.