Galaxy S27 seriyasida Exynos 2700 ishlatilishi mumkin

11-oktabr 2026 09:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Galaxy S27 seriyasida Exynos 2700 ishlatilishi mumkin
Foto: AH

Samsung 2027-yilda taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy S27 seriyasida o‘zining Exynos protsessorlaridan kengroq foydalanishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S27, Galaxy S27+ va Galaxy S27 Pro modellari Exynos 2700 chipi bilan jihozlanishi mumkin.

Galaxy S27 Ultra Snapdragon’da qolishi mumkin

Manbaga ko‘ra, seriyaning eng qimmat modeli — Galaxy S27 Ultra esa Qualcomm Snapdragon platformasida ishlaydi.

Bunda Galaxy S27 Ultra’ning Snapdragon versiyasi ayrim hududlargagina emas, balki barcha global bozorlarga chiqarilishi mumkin.

Agar ma’lumot tasdiqlansa, Samsung Galaxy S27 seriyasining uchta modelida o‘z protsessoridan foydalanib, Snapdragon’ni faqat Ultra versiya uchun saqlab qoladi.

Samsung o‘z chiplariga ko‘proq tayanishi mumkin

Bunday yondashuv kompaniyaning flagman smartfonlarda Exynos protsessorlari ulushini oshirish niyatidan darak berishi mumkin.

Hozircha Exynos 2700 chipining unumdorligi, energiya samaradorligi va grafik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, Galaxy S27 seriyasining yakuniy konfiguratsiyasi rasmiy taqdimotgacha o‘zgarishi mumkin. Samsung hozircha bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Samsung smartfon ishlab chiqarishni 30 foizgacha qisqartirishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek